"Roma" Dibalarni Messini kuzatishga jo'natmadi
Rosa alam qilsa kerak
Italiyaning mashhur «Roma» klubi Paulo Dibala va Nauyel Molinaga Lionel Messi milliy jamoa safidagi xayrlashuv oʻyini munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirda ishtirok etishga ruxsat bermadi.
Bu haqida jamoa rasmiy saytida eʼlon qilingan bayonotda maʼlum qilindi.
6 oktyabr kuni Buenos-Ayresdagi «Monumental» stadionida Argentina va Benin terma jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkaziladi. Ushbu bellashuv Messi uchun Argentina milliy jamoasi tarkibidagi soʻnggi oʻyin boʻlishi kutilmoqda. «
Roma» klubi maʼlumotiga koʻra, Dibala va Molinani xayrlashuv marosimiga joʻnatmaslik qarorini qabul qilishda sport va logistika bilan bogʻliq omillar hal qiluvchi boʻlgan. Xususan, uzoq masofali qitʼalararo parvozlar va yaqinlashib kelayotgan rasmiy uchrashuvlar inobatga olingan.
- Klub bu voqeaning har ikki futbolchi uchun qay darajada muhim ekanini, ularni Lionel Messi bilan koʻp narsa bogʻlab turajagini yaxshi tushunadi. Ammo qaror uzoq qitʼalararo safar va rasmiy oʻyinlar taqvimiga yaqinligi bilan bogʻliq sport hamda logistika sabablariga asoslanadi. "Roma" Lionel Messi va uning oʻziga xos karerasiga chuqur hurmat izhor etadi hamda unga va Argentina futbol assotsiatsiyasiga oʻziga xos, esda qolarli kecha tilaydi, — deyiladi klub bayonotida.
Avvalroq La Gazzetta dello Sport nashri xabar berishicha, Dibala va Molina ushbu tadbirga muxlis sifatida taklif etilgan. Safar amalga oshirilganda, futbolchilarga ikki marta qitʼalararo parvoz qilishga toʻgʻri kelar, shuningdek, 11 oktyabr kuni «Komo»ga qarshi Italiya chempionati uchrashuvi oldidan kamida uch kunlik mashgʻulotlarni oʻtkazib yuborish xavfi bor edi.
39 yoshli Lionel Messi Ispaniya chempionati, «Barselona» va Argentina terma jamoasining tarixida eng koʻp gol urgan futbolchi hisoblanadi. U futbol tarixida sakkiz marta «Oltin toʻp» sovrinini qoʻlga kiritgan yagona oʻyinchi sifatida ham rekordchi.
Messi Argentina terma jamoasi safida 207 ta oʻyin oʻtkazib, 125 ta gol urgan. Milliy jamoa bilan birga u ikki marta Amerika kubogini (2021, 2024) qoʻlga kiritgan, 2022 yildgi jahon chempionatida gʻolib chiqqan, 2014 va 2026 yillarda jahon chempionatida kumush medallar sohibiga aylangan. Shuningdek, 2022 yilda «Finalissimo» musobaqasida ham terma jamoa bilan birga chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Izohlar (0)