“Roma” unga 4 million evrolik maosh va’da qilyapti

  • 19.09.2021 11:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” jamoa sardori va etakchisi Lorentso Pellegrini bilan yangi shartnoma tuzishga harakat qilmoqda.

Rimliklar tajribali yarim himoyachi bilan tez orada yangi uchrashuv tashkillashtiradi. Klub xo‘jayinlari Pellegriniga 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma va yiliga 4 million evro maosh taklif qilmoqchi.

Shuningdek, futbolchining shartnomasini 30 million evro miqdoridagi badal puli belgilangan band olib tashlanadi.

Joriy mavsumda 25 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda oltita uchrashuv o‘tkazib, beshta gol urdi va ikkita golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!