Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Roma”ga qattiq zarba bo‘ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vaziyat og‘ir

“Roma” etakchilaridan biri Nikolo Dzanoloning Evropa ligasidagi diskvalifikatsiyasi yana ikkita uchrashuvga uzaytirildi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport ma’lum qildi.

Evropa ligasining uchinchi turida “Roma” o‘z maydonida “Betis”ga qarshi bahsda to‘psiz raqibini urgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil karochka olib, maydondan haydalgandi. Hujumkor futbolchi bu jamoalarning Ispaniyadagi o‘yinini o‘tkazib yubordi.

Biroq, UEFA tartib-intizom qo‘mitasi italiyalik futbolchining diskvalifikatsiyasini yana ikki o‘yinga uzaytirdi.

Buning oqibatida Dzanolo rimliklarning “Ludogorets” va XIK jamoalariga qarshi uchrashuvlarini ham o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

“Roma” rahbariyati diskvalifikatsiya bo‘yicha apellyatsiya berishga qaror qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q