Romano: Vinisius «Real» bilan shartnomani uzaytiradi
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Zhunior yaqin kunlarda «Real» bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda. Bu haqida sport jurnalisti Fabrizio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchiga klub tomonidan taklif etilgan yangi shartlar ma’qul kelgan, hozircha faqat ayrim mayda-chuyda jihatlar yuzasidan kelishuv qolgan.
OAV tarqatayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Vinisiusning «qirollik klubi» bilan yangi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallanyotgan. Yangi bitimga binoan, u har bir mavsum uchun 28 million yevro maosh olishi rejalashtirilgan.
Vinisius Zhunior hozirga qadar «Real» safida barcha musobaqalar doirasida 375 ta o‘yin o‘tkazgan. U shu vaqt mobaynida 128 ta gol urgan va jamoadoshlariga 100 bor hal qiluvchi pas bergan.
Avvalroq Vinisius Zhuniorga Londonning «Arsenal» klubi jiddiy qiziqish bildirgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar