Romero «Atletiko»ga o'tmoqda

  • 06.08.2026 14:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Tottenhem» va Argentina terma jamoasi markaziy himoyachisi Kristian Romero yaqin vaqtlar ichida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Argentinalik futbolchi Madriddning «Atletiko» klubiga o‘tishi haqida kelishuvga yaqin turibdi.

Insayder va jurnalist Nikolo Skira tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli Romero madridliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. U «Atletiko» bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi, unga ko‘ra futbolchi har mavsum uchun 6 million yevro maosh olishi kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, «Atletiko» himoyachi uchun «Tottenhem»ga taxminan 40 million yevro to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Kristian Romero Angliya chempionati doirasida «Tottenhem» safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bir bor golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!