Ronald 25 yildan beri bu ishni kanda qilmaydi
«An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni yana bir tarixiy ko‘rsatkichga erishdi. U Saudiya Pro-ligasining 2-turida «Ar-Riyod»ga qarshi o‘yinda gol urib, o‘z faoliyatida 25-mavsum qatorisiga gol urgan futbolchiga aylandi.
Ushbu bahs «Er-Riyad» shahridagi «Prints Feysal bin Fadh» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvga bosh hakam sifatida Abdulla Al-Ovaydan tayinlangan edi.
Ronalduni uchrashuvni zahirada boshladi va 62-daqiqada maydonga tushirildi. 84-daqiqada esa u jamoasining to‘rtinchi golini urdi va uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi. Shu tariqa, 2026/2027 yildagi mavsum ham Ronald uchun ishtirok etayotgan mamlakat milliy chempionatida gol urgan 25-mavsumga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldo 2002/2003 yildagi mavsumda Portugaliya chempionatida «Sporting» tarkibida debut qilgan va shundan beri birorta mavsumni golsiz o‘tkazmagan.

Fikrlar