Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ronaldу «Chelsi»ga o‘tishi mumkin edi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Tomas Tuxel qarshiligi sabab Krishtianu Ronalduning «Chelsi»ga o‘tishi amalga oshmay qolgani ma'lum bo‘ldi.

«The Athletic» nashrining yozishicha, «Al-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z vaqtida Londonning «Chelsi» jamoasiga o‘tishi mumkin bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi»ning o‘sha paytdagi hammulkdori Todd Byoli Ronalduni «Stemford Brij»ga olib kelish g‘oyasiga juda jiddiy yondashgan. Portugaliyalik yulduz «Manchester Yunayted» safida ikkinchi bor to‘p surayotgan davrda Byoli uni transfer qilishni qat’iy rejalashtirgan.

Aytilishicha, Byoli Ronalduning agenti Jorje Mendes bilan shaxsan uchrashib, ijobiy ruhda kechgan muzokaralar o‘tkazgan. Klub rahbari kelishuv amalga oshishiga ishongan, ammo o‘sha vaqtda «Chelsi»ni boshqarib turgan Tomas Tuxel bu transferga keskin qarshi chiqqan. Nemis mutaxassisi taklifni ma’qullamaganligi sabab Ronalduning London klubiga o‘tishi masalasi yopilgan.

Krishtianu Ronaldu 2022 yil oxirida «Manchester Yunayted»ni tark etib, Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasiga o‘tdi. Joriy mavsumda 41 yoshli forvard yetti uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q