Ronaldу: Husаnov yurtdoshlarining bilаn ikki mаtrа o‘ynаymаn!

  • 18.08.2026 21:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo futbol konfederatsiyasi tasnifidagi klublar oʻrtasidagi eng nufuzli musobaqa - Elit Chempionlar ligasida guruh bosqichida jahon futbolida eng koʻp gol urgan futbolchi Krishtianu Ronaldu ikki oʻzbek klubiga qarshi ikki oʻyin oʻtkazadigan boʻldi.

Musobaqada Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni sifatida ishtirok etayotgan  "An-Nasr" jamoasi qur’a natijasiga koʻra,  Fargʻonaning "Neftchi" va Toshkentning "Paxtakor" klublari bilan kuch sinashadi. 

Portugaliya milliy terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu toʻp surib "An-Nasr" oʻz maydonida oʻtkaziladigan toʻrtta uchrashuvda Qatarning "As-Sadd" va "An-Shamal", Oʻzbekistonning "Neftchi", Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Vasl" jamoalariga qarshi maydonga tushadi. 

Ronalduning jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Ayn" va "Shabab Al-Ahli", Qatarning "Al-Garafa" va Oʻzbekistonning "Paxtakor" futbolchilariga qarshi safar uchrashuvida kuch sinashadi. 

Taqqvimga koʻra, "Paxtakor" maydonidagi uchrashuv 2 noyabr kuni belgilandi.

 Elit Chempionlar ligasining guruh bosqichi 2026 yilning 14 sentyabridan 2027 yilning 17 fevraligacha boʻlgan davrda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 

Pley-off oʻyinlari 1 martdan boshlanadi. Chorak final bahslari esa 23 aprelidan 1 mayga qadar Saudiya Arabistonidan tashkil etiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!