Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ronaldу jamoadoshlari bilan xayrlashmasdan ketib qoldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Shoshilinч qaror oqibati

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasini tark etishidan oldin jamoadoshlari bilan xayrlashmagani ma'lum bo‘ldi.

Bugun terma jamoa sardori matbuot anjumani ortidan jamoa qarorgohini tark etayotganini e'lon qildi. Bosh murabbiy Jorje Jezush ishtirokidagi uchrashuvdan so‘ng ma'lum bo‘lishicha, 41 yoshli hujumchi Norvegiyaga qarshi o‘yinga asosiy tarkibdan joy olmagan. Ronaldu aynan shu qarordan qattiq norozi bo‘lgani aytilmoqda.

Portugaliya nashri O Jogo xabariga ko‘ra, Ronaldu Kopenhagenda joylashgan terma jamoa mehmonxonasini jamoa mashg‘ulotdan qaytishidan oldin tark etgan. Shu bois u jamoadoshlari bilan yuzma-yuz xayrlashish imkoniyatisiz ketgan.

Xuddi shu nashrning yozishicha, Kriştianu endilikda Portugaliya milliy terma jamoasi safida maydonga tushmaydi, ya'ni uning terma jamoadagi faoliyati yakunlangani taxmin qilinmoqda.

Ronaldu termani tark etganidan so‘ng qisqa bayonot ham berdi: «O‘z vaqti kelganda portugaliyaliklarga haqiqatni aytaman», – deya uning so‘zlarini keltiradi ommaviy axborot vositalari.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q