Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ronaldу jazoga tayyor

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Men allaqachon uzr so‘radim, qoidalar hamma uchun bir xil

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy jamoa lageridagi intizomiy qoidaga rioya qilmagani uchun qanday jazo olishini kutmoqda.

41 yoshli forvardning ta'kidlashicha, bu holat bo‘yicha yakuniy qarorni Portugaliya futbol federatsiyasi qabul qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u jamoa sardori sifatida o‘z xatti-harakatlari uchun engillik kutmasligi kerak.

«Men allaqachon uzr so‘radim, lekin har qanday qilmishning oqibati bo‘lishi shart. Futbolda ishlaydigan har bir odam yaxshi biladi: maqomidan qat’i nazar, qoidalar hamma uchun bir xil», — degan Ronaldu Fabrizio Romano orqali bergan bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasida Norvegiyaga qarshi o‘yinda zahirada qoldirilgandan so‘ng Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgan edi.

Shuningdek, avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasida faoliyatini davom ettirish niyati borligini aytgan va noyabr oyidagi chaqiruvga ham tayyor ekanini ma'lum qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q