Ronald muhlislarni jazolashni talab qildi
Krishtianu hamyurtini himoya qilmoqda
«An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi bahs paytida muxlislar tomonidan haqoratga uchragan «Al-Hilol» yarim himoyachisi Ruben Nevesni himoya qildi.
«At-Taavun» — «Al-Hilol» uchrashuvi (0:6) chog‘ida mezbon jamoa ishqibozlari Nevesni qo‘zg‘ash maqsadida o‘tgan yili vafot etgan Portugaliya terma jamoasidagi uning sobiq jamoadoshi Diogu Jota ismini baland ovozda ayta boshlashgan.
Bu harakatga javoban Ruben Neves tribunalar tomon qo‘l ko‘tarib, avval osmonni, so‘ngra o‘rindiqlarda o‘tirgan muxlislarni ko‘rsatgan. Ushbu vaziyat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Krishtianu Ronaldu ushbu holat yuzasidan Instagram tarmog‘ida izoh qoldirib, liga rahbariyatini chora ko‘rishga chaqirdi: «Liga bunday xulq-atvor uchun muxlislarni jazolashi va tegishli choralar ko‘rishi shart. Bu endi futbol emas, chegara belgilanishi kerak. Shunday yo‘l tutadigan odamlar stadionga kirish huquqidan butunlay mahrum etilsin», — deya ta’kidlagan portugaliyalik yulduz.

Izohlar (0)