Ronaldу post qoldirdi! Hamma uning "tilga kirishini" kutyapti
Kriştianu Ronald u‘tgan hafta Portugaliya terma jamoasi yig‘inini o‘z xohishiga ko‘ra tark etdi. Bu qaror terma jamoa murabbiyi Jorje Jezuş bilan kelib chiqqan ixtiloflar fonida qabul qilingani aytilmoqda.
Futbolchi shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda maxsus murojaat e’lon qilib, terma jamoani nega tark etgani haqida keyinroq batafsil gapirib berishga va’da bergan edi.
Deyarli bir hafta davomida Ronald yangi xabar yoki izoh bermadi. Endi esa u «An-Nasr» jamoasining mashg‘ulotlaridan olingan suratlar to‘plamini e’lon qildi. Rasmlar ostidagi qisqa izohda Kriştianu klubi rangidagi ikki emodzidan foydalanish bilan kifoyalandi.
«An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionatida yetti turdan so‘ng turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam «Al-Hilyal»dan atigi ikki ochkoga ortda qolmoqda.

Fikrlar