Ronald: «Tarixdagi eng yaxshisi menman»
Kriştianu Ronalduni o‘zini futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb atab, 1000 ta gol urishni maqsad qilib qo‘yganini aytdi.
«An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni o‘zini futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb hisoblashini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoatchilik uning jismoniy holati va gollariga yetarlicha baho bermayapti. CNN Portugal telekanaliga bergan intervyusida Ronaldu statistika va raqamlar uning o‘zi haqida gapirayotganini ta’kidladi.
«Futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi – bu men. Bu haqiqat. Agar men 1000 ta gol ursam, bu ajoyib bo‘ladi. Bu – mening maqsadim. Lekin men uzoq muddatli istiqbol haqida o‘ylamayman», – dedi Ronaldu.
Ayni paytga qadar Krishtianu Ronaldu professional karerasi davomida 980 ta gol urgan. Yaqinda u Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush bilan kelishmovchilikka duch keldi.

Izohlar (0)