Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ronaldу terma jamoadan qachon ketishini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U o‘zgarish qilishga tayyor

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 41 yoshida ham milliy jamoaga chaqirilayotganini haqida fikr bildirdi.

«Terma jamoaga shunchaki kelmayapman – o‘zimni klubda ham, terma jamoada ham foyda keltirayotgan futbolchi deb hisoblayman. Qaysi o‘yinda maydonga tushishim, qachon men o‘rnimga boshqa futbolchi maydonga tushishi – bularning barchasini murabbiy hal qiladi. Har qanday futbolchi uchun Portugaliya sharafini himoya qilish hamma narsadan ustun.

Terma jamoa safida menchalik ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi yo‘q. Men jamoa sardoriman va jamoaga yordam berishim mumkin – shu ishni davom ettiraman.

Agar murabbiy menga ishonmasa, men istalgan kuni ketishim mumkin. Vaqti kelganda, bu haqida birinchi bo‘lib o‘zi bilan gaplashaman. 

O‘zimni keraksiz his qilsam, gol urmasam yoki jamoada yomon muhit yaratayotganimni ko‘rsam, chemodanimni yig‘ib, ketaman. Qachon menga bo‘lgan ishonch to‘xtasa, buni og‘ir qabul qilmayman. Hozir esa mening yagona maqsadim – jamoaga yordam berish, boshqa manfaatim yo‘q», – deya Ronalduning so‘zlarini jurnalistlar keltiradi.

Portugaliya terma jamoasi payshanba kuni Millatlar ligasi doirasida Uels jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q