Ronaldу va Messi bir jamoada oʻynashga rozi boʻldi
Bunaqasi hali tarixda bo‘lmagan
Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Karlos Teves futbol tarixidagi eng qiziqarli uchrashuvlardan biriga aylanishi mumkin bo‘lgan xayrlashuv o‘yinini tashkil etmoqda.
Unda bir jamoa safida Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi maydonga tushishi kutilmoqda, deb xabar beradi TyC Sports nashri o‘z manbasiga tayanib.
«Ronaldu: “Albatta kelaman”, dedi. Messini ham ko‘ndirish qiyin bo‘lmadi. Ikkalasi ham rozilik berdi», — deya ta’kidlagan Teves.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tevesning xayrlashuv uchrashuvi Buenos-Ayresdagi mashhur «La Bombonera» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sobiq futbolchi o‘z faoliyati davomida Yevropa klublari va Argentina terma jamoasida birga o‘ynagan bir qator taniqli futbolchilarni ham taklif qilishni mo‘ljallamoqda.
Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu professional faoliyati mobaynida hech qachon bir jamoa safida — na rasmiy, na ko‘rgazmali uchrashuvlarda — birga o‘ynashmagan. Ular butun karerasi davomida klub va terma jamoa darajasida asosiy raqiblar sifatida tanilgan: Messi — Argentina, Ronaldu esa Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelgan.
Ikki yulduzning rasmiy klublaridan tashqari tarkibda bir vaqtning o‘zida maydonga tushgan yagona holat 2023 yil yanvar oyida qayd etilgan. O‘shanda Messi o‘ynagan fransuz klubi PSJ Ar-Riyod yulduzlar jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan, Saudiya Arabistonida tuzilgan ushbu terma jamoaga esa Ronaldu sardorlik qilgan edi.

Izohlar (0)