Ronaldino: "Anchelottiga vaqt kerak"
Jahongir Inomjonov
Sobiq futbolchi Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi haqida gapirdi
Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldino o‘z vaqtida "Milan" jamoasining so‘nggi mavsumida Karlo Anchelotti bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan va u bu murabbiyning qobiliyatlarini yaxshi biladi. Hozirda Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda va Ronaldino bu loyihaga katta ishonch bildirmoqda.
- Anchelotti yaqindagina ishni boshladi, unga vaqt kerak. Men uni yaxshi bilaman, "Milan"da u bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘lganman, - dedi braziliyalik afsona.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi besh marta jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan, biroq so‘nggi marta bu muvaffaqiyatga 2002 yilda erishgan edi.
Izohlar (0)