Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ronaldo Messini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb atadi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Ronaldo Lionel Messini jahon chempionatidagi rekord gollari sabab barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etdi.

Argentina terma jamoasi sardori va yetakchi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionatidagi rekord natijalari orqali futbol tarixidagi eng yaxshi oʻyinchiga aylandi. Bu haqida Braziliya terma jamoasi tarkibida ikki karra jahon chempioni boʻlgan Ronaldo oʻz fikrini bildirgan. Uning soʻzlari Mundo Deportivo nashri tomonidan keltirilgan.

TASSning yozishicha, Messi jahon chempionati guruh bosqichida Jazoir terma jamoasiga qarshi oʻyinda (3:0) xet-trik qayd etdi. Shu tariqa argentinalik futbolchining jahon chempionatlari doirasidagi gollari soni 16 taga yetdi. Bu koʻrsatkich boʻyicha u Miroslav Kloze bilan tenglashdi. Ilgari Kloze jahon chempionatlari tarixida eng koʻp gol urgan futbolchi sifatida yakka oʻzi peshqadam edi. Roʻyxatda ikkinchi oʻrinni 15 ta gol bilan Ronaldo egallab turibdi.

"Messi maydonga har safar tushganida, qolgan hamma narsa tarixga aylanadi, oʻyini esa oʻziga xos nafosat kasb etadi. Endi yashirinib yurish, ikkilanishni toʻxtatish kerak – u barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi ekanini tan olish vaqti keldi. U har mavsumda va jahon chempionatida yuqori darajada oʻynashda davom etmoqda, shunga qaramay, uning mahoratiga nisbatan shubhalar hali ham uchrab turadi. Bu kecha unutilmas, tarixiy kecha boʻldi va u abadiy tarixda qoladi", – dedi Ronaldo.

38 yoshli Messi 2023 yildan buyon Shimoliy Amerika Bosh futbol ligasi (MLS)da ishtirok etuvchi "Inter Mayami" klubi sharafini himoya qilmoqda. U Yevropa futbolida fransuzning "Pari Sen-Jermen" va ispaning "Barselona" jamoalari tarkibida oʻynagan. "Barselona" safida toʻrt marta Chempionlar ligasida, uch martadan UEFA Superkubogi va klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqqan.

Hujumchi 2022 yilda jahon chempioni, 2014 yilda jahon chempionati finalchisi, 2008 yilda Olimpiada chempioni, 2021 va 2024 yillarda ikki karra Amerika kubogi sohibi boʻlgan. Messi shuningdek, "Oltin toʻp" mukofotlari soni boʻyicha ham rekordchi hisoblanadi – uni sakkiz marta qoʻlga kiritgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q