Ronaldo Messining zo‘rligini tan oldi

  • 23.06.2026 13:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasining sobiq yulduz hujumchisi Ronaldo Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messining yangi yutugi haqida fikr bildirdi. Messi jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.

«Futbol ilohlari uchun bu natijaning o‘zi yetarli — u barchadan ustun keldi. Agar jahon chempionatlari tarixida eng yaxshi to‘purar bo‘lishga kimdir haqli bo‘lsa, bu aynan Messi. Ey Xudo, u 38 yoshda. Men 38 yoshimda karyeramni to‘rt yil avval tugatgan, vaznim esa 120 kilogrammga yetgan edi», — dedi Ronaldo. Uning so‘zlarini nashr L’Equipe keltiradi.

JCh-2026ning guruh bosqichi ikkinchi turida Avstriyaga qarshi o‘yinda (2:0) Messi dubl qayd etdi. Shu ikki gol hisobiga u jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatida yakka rekordchiga aylandi va o‘z gollari sonini 18 taga yetkazdi.

Messi oila a’zolari Argentina yulduzining jahon chempionatidagi rekordchi golini bayram qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!