Ronaldu 952-golini urdi, Messiniki nechta?

  • 02.11.2025 21:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Futbol olami yana ikki buyuk zamonaviy futbolchi — Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi raqobatini muhokama qilmoqda.

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati doirasida “Al-Feyha”ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etib, riyodliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. 40 yoshli hujumchi faoliyatidagi umumiy gollari sonini 952 taga etkazdi.

Lionel Messining MLS pley-offidagi ishlari kutilganidek chiqmadi. “Inter Mayami” futbolchilari pley-offning birinchi bosqichida “Neshvill”ga 1:2 hisobida yutqazdi. Messining supergoli jamoaga foyda keltirgani yo‘q.

Ammo argentinalik futbolchi karerasidagi gollar sonini 892 taga etkazdi. Endi keyingi bosqichga chiqish taqdiri 8 noyabrdagi hal qiluvchi uchinchi o‘yinda aniqlanadi.

Assistlar soni bo‘yicha esa ustunlik Messini tomonida. Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi jamoadoshlariga 399 golli pas uzatgan. Bu borada Ronaldu 259 ta samarali uzatmaga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!