Ronaldу «Al-Nasr»da faoliyatini yakunlamoqchi
Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr»da qolib, professional faoliyatini shu jamoada yakunlash va shartnomasini uzaytirishni ko‘zlamoqda.
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni «Al-Nasr»ni tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqida Al Nassr Zone xabar bermoqda.
Yulduz futbolchi faoliyatini Saudiya klubida yakunlash niyatida. 365Scores Arabic ma'lumotiga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Krishtianu «Al-Nasr» rahbariyati bilan uchrashadi. Unda o‘z istaklari va kelajak rejalari, shuningdek, shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati haqida gaplashadi.
Avvalroq 41 yoshli Ronalduni mavsum yakunida klubni tark etishi mumkinligi va bu haqida rahbariyatni allaqachon xabardor qilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.
Krishtianu Ronalduning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. U 2023 yildan buyon Saudiya Arabistoni chempionatida to‘p surmoqda.
Izohlar (0)