Ronaldu bir zarba bilan Messidan yanada uzoqlashdi

  • 9 iyun, 08:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya mezbonlik qilgan UEFA Millatlar ligasi finalida Portugaliya terma jamoasi Evropaning amaldagi chempioni Ispaniyani penaltilar seriyasidan mag‘lub etib, turnir g‘olibi bo‘ldi.

Tecno

Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu bu o‘yinda ham raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

40 yoshli futbolchining aniq zarbasi hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. Bu Ronalduning xalqaro miqyosdagi 138 goli bo‘ldi va yangi rekord sifatida qayd etildi.

O‘z mamlakatlari terma jamoalari uchun gol urishda Ronaldu ashaddiy raqibi Lionel Messidan yana uzoqlashdi. 37 yoshli argentinalik yulduz hisobida xalqaro maydonda kiritilgan 112 gol bor va u katta ehtimol bilan Ronalduning bu rekordini yo‘qqa chiqara olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!