Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ronaldu bittada uchta sovringa ega chiqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uni to‘xtatib bo‘lmaydi

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Professional ligasining 2024-2025 yilgi mavsumi yakunlari bo‘yicha uchta individual sovrinni qo‘lga kiritdi.

Ronaldu muxlislar talqiniga ko‘ra, Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Mavsum davomida mashhur to‘purar 15 marotaba uchrashuvning eng zo‘r o‘yinchisi sovriniga sazovor bo‘lgan.

Chempionatda 30 bahsda raqiblar darvozasini 25 marotaba ishg‘ol qilgan Ronaldu Pro-liga  to‘purarlari poygasida ham g‘olib chiqdi.

Bundan tashqari, 40 yoshli yulduzning “Ar-Riyod” darvozasiga kiritgan to‘pi mavsumning eng chiroyli goli sifatida Ronalduga uchinchi sovrinni keltirdi.   

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu o‘tgan oy “An-Nasr” bilan hamkorligini yana ikki yil davom ettirishga rozilik berib, riyodliklar bilan yangi bitim imzolagan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q