Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ronaldу faoliyatini qachon yakunlashini aytishdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Mashhur yulduz so’nmoqda

Maskva «Dinamo»si va Madrid «Atletiko»si sobiq futbolchisi Manishe 41 yoshli hamyurti Krishtianu Ronalduning kelajakdagi rejalari haqida fikr bildirdi.

«Ronaldu mingta gol urgan kuni butsasini mixga ilib qo‘yadi. U bu marraga yetadi, menda hech qanday shubha yo‘q. Agar Krishtianu shu maqsadiga yetib, o‘g‘li bilan bir jamoada maydonga tushsa, bu uning karerasi uchun eng chiroyli nuqta bo‘ladi», – deya portugaliyalik futbolchining so‘zlarini FourFourTwo nashri keltiradi.

Ma’lumki, Krishtianu 2023 yildan buyon Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Hujumchining shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionati doirasida Ronaldu to‘qqiz o‘yinda to‘rtta gol muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q