
Ronaldu gapga ham usta ekan
Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida “An-Nasr” safar uchrashuvida “At-Tai” jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu bahsda Krishtianu Ronaldu avval Anderson Taliskning goliga assistentlik qildi va o‘yin oxirida o‘zi ag‘alaba to‘pini kiritdi.
Krishtianu Ronaldu o‘yindan keyin fikr bildirdi.
- Yana bir muhim g‘alaba. Qatorasiga to‘qqizinchi g‘alaba. Ajoyib ish, jamoa! Shuday yaxshi ishlashni davom ettiraylik, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Shu tariqa, portugaliyalik yulduz professional faoliyatidagi 1003 g‘alabasini nishonladi. Hali birorta futbolchi o‘z faoliyati davomida mingta uchrashuvda g‘olib bo‘lmagan.
Fikrlar