Ronaldu hali “to‘ymadi”!

  • 21.09.2025 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Krishtianu Ronaldu etakchiligidagi “An-Nasr” jamoasi Saudiya Arabistoni Professional ligasida yangi mavsumni ketma-ket uchta g‘alaba bilan boshladi.

Chempionatning uchinchi turida “An-Nasr” poytaxt derbisida “Ar-Riyod” jamoasi bilan kuch sinashib, raqibni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.  Gollardan ikkitasi Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi. Shu tariqa, 40 yoshli hujumchi o‘ziga tegishli katta rekordni bir o‘yinda ikki marta yangiladi

Ya’ni, Ronaldu jahon futbolida rasmiy bahslarda eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Krishtianu bu gal 944 va 945-golini urdi.

Krishtianu uchrashuvdan keyin Instagram sahifasida fikrini yozib qoldirdi.

- Uchta o‘yinda uchta g‘alaba. Biz ko‘prog‘ini xohlaymiz, - dedi Ronaldu.

Krishtianu Ronalduning “An-Nasr” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Ko‘pchilikni Ronaldu gollarini sonini 1000 taga etkaza olish imkoniyati bor-yo‘qligi qiziqtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!