Ronaldу jamoasini qutqarib qoldi

  • 29.08.2026 11:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistoni Professional ligasining 2026/27 mavsumi 4-turidan o‘rin olgan «An-Nasr» va «At-Taavun» o‘rtasidagi uchrashuv qahramoni Krishtianu Ronaldu bo‘ldi.

Uchrashuv Ar-Riyoddagi «Al-Avval Park» stadionida bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 11-daqiqasida «At-Taavun» himoyachisi Bassam Al-Xurayjiy hisobni ochdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda «An-Nasr» yarim himoyachisi Samu Koshta hisobni tenglashtirdi.

50-daqiqada esa hujumchi Krishtianu Ronaldu mezbonlarga g‘alaba golini urdi.

Pro-ligadagi to‘rtta turdan keyin «An-Nasr» 12 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinda bormoqda. «At-Taavun» esa 2 ochko bilan 15-o‘rinda.

Keyingi turda «An-Nasr» 5 sentabrda asosiy raqiblaridan hisoblangan  «Al-Ittihod» bilan o‘ynaydi. «At-Taavun» esa shu kuni «Al-Fath»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!