Ronaldу jarima va diskvalifikatsiyaga munosabat bildirdi
Krishtianu maydonda javob beradi
Portugaliya terma jamoasi sardori va Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Kriştianu Ronaldu o‘zining jazolanishi haqida rasmiy ma’lum qilinganidan so‘ng, klub mashg‘ulotidan olingan suratlarni e’lon qildi.
Ronaldu ushbu fotolarni ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida joylashtirdi va ularni qisqa izoh bilan to‘ldirdi.
«Jon-jahdim bilan mehnat qilyapman», — deb yozdi portugalialik yulduz.
Eslatib o‘tamiz, 19 oktyabr kuni Portugaliya futbol federatsiyasi intizom qo‘mitasi Ronalduga 30 kunlik diskvalifikatsiya va 255 yevro miqdorida jarima tayinlagan edi. Jazoga 30 sentabr kuni futbolchining Daniyada joylashgan milliy jamoa lagerini tark etishi sabab bo‘lgan.
Portugaliya nashrlarining yozishicha, diskvalifikatsiya muddati 1 oktyabrdan boshlab hisoblanadi va 30 oktyabrda yakunlanadi.

Izohlar (0)