Ronaldu: Men yana yig‘layman!

  • 05.11.2025 06:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional futbolchilik faoliyatini tugatishiga oz vaqt qolganini tan oldi.

- Tez orada tugataman. Shunga tayyor bo‘laman, deb o‘ylayman. Juda og‘ir bo‘lishini ham bilaman.

Yig‘laymanmi? Ha, men hech qachon hissiyotlarimni yashirmayman. Chunki rostgo‘yman.

Faoliyatimni tugatish juda qiyin bo‘ladi, lekin men bunga 25, 26, 27 yoshimdan beri tayyorlanib kelyapman, - dedi 40 yoshli hujumchi.

Krishtianu Ronalduning “An-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi. Ayni paytda portugaliyalik yulduz rasmiy uchrashuvlarda 952 ta gol urgan.

Futbol jamoatchiligi Ronaldu qachon minglik marrani zabt etishini kutmoqda. Jahon futbolida birorta o‘yinchi Krishtianuchalik ko‘p to‘p kiritmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!