Ronaldu meni hayratda qoldirdi!

  • 20 oktabr, 2023, 18:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines terma jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Ronaldu bilan uchrashganimda, terma jamoa uchun hamma narsaga tayyor odamni ko‘rdim. U terma jamoaga juda sodiq. Krishtianuning kamtarligi va jamoaga yordam berish istagi meni hayratda qoldirdi. Bu boshlang‘ich nuqta edi", - deya Martinesning so‘zlarini keltiradi "Cadena Ser" nashri. 

Hozirda Krishtianu Saudiyaning "Al-Nasr" klubi futbolchisi hisoblanadi. Portugaliyalikning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 38 yoshli hujumchi Portugaliya terma jamoasi safida 203ta o‘yin o‘tkazib, 127ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!