Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ronaldu Messini ortda qoldirdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Krishtianuning libosi auktsionda rekord o‘rnatdi.

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida Armanistonga qarshi o‘ynagan libosi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Kimoshdi savdosi tugashiga hali 4 kun bor, libos esa mashhur MatchWornShirt saytida 71 026 evro narx bilan rekord o‘rnatdi. Ikkinchi o‘rinda 55 019 evroga sotilgan PSJdagi Lionel Messining futbolkasi qoldi. 

Qizig‘i shundaki, ushbu saytda sotilayotgan eng qimmat 10 ta libos ro‘yxatida sakkiz marta Messi yoki Ronaldu futbolkalari uchraydi. Shuningdek, o‘ntalikda Xyon Min Son va Koul Palmerning futbolkalari ham bor.

Krishtianu Ronalduning "An-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q