Ronald: Nishonga 18 qadam qoldi
Tarixiy natija yaqinlashyapti
Kriştianu Ronalduni professional faoliyatida 1000 ta gol urish kabi tarixiy ko‘rsatkichga tobora yaqinlashib bormoqda. Juma kuni «An-Nasr» forvardı Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Al-Faysali»ga qarshi o‘yinda yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
Ushbu goldan so‘ng portugaliyalik yulduzning shaxsiy hisobida jami 982 ta gol to‘plandi. Demak, Kriştianu yubiley — 1000-gol cho‘qqisiga yetishi uchun yana 18 marta gol urishi kerak bo‘ladi.
Hozircha Kriştianu Ronaldo futbol tarixida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi sifatida peshqadamlikni saqlab turibdi. Undan keyingi o‘rinda 936 ta gol bilan Lionel Messi qayd etilgan. Argentinalik hujumchi ham 1000 ta gol marrasiga yetib borish imkoniyatiga ega, deya baholanmoqda.
Ronalduning «An-Nasr» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yildgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.

Izohlar (0)