Ronaldu: "O‘ynamasam ham roziman"

  • 23.03.2025 16:48
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu milliy jamoa g‘alabalari o‘zining o‘yinlardagi ishtirokidan ko‘ra muhimroq ekanligini ta’kidladi.

- Mening urgan gollarim muhim emas. Men shunchaki Portugaliyaning g‘alaba qozonishini istayman. Agar jamoa g‘olib chiqsa-yu, men o‘ynamasam, bunga roziman. Men faqat vatanimning ramzini himoya qilishga e’tibor qaratmoqdaman, - dedi Ronaldu matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, 23 mart kuni Portugaliya va Daniya terma jamoalari o‘rtasida javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yinda Daniya terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!