RonaldU: Oz qoldi

  • 26.02.2026 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistoni Professional ligasining 10-turidan qoldirilgan o‘yin yakunlandi, unda “An-Najma” va “An-Nasr” o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuv Jidda shahrida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bahsda Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi  “An-Nasr” mezbonlar darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi.

O‘yindagi hisobni aynan Ronaldu ochdi. Portugaliyalik yulduz 7-daqiqada penalti­ni aniq amalga oshirdi. Qolgan gollardan ikkitasini Inyigo Martines, bittadanini Sadio Mane va Kingsli Koman kiritdi.

Bu uchrashuvda Ronaldu o‘zining rekordini yana yangiladi. Jahon futbolida eng ko‘p to‘p kiritgan hujumchi umumiy gollari sonini 965 taga yetkazdi.

41 yoshli to‘purar o‘zi ko‘zlagan minglik marra­ga tobora yaqinlashib kelmoqda. Yana 35 ta gol urgan taqdirda Ronaldu futbol tarixida mingta gol urgan birinchi futbolchiga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!