
Ronaldu yangi sarguzasht boshlaganini e’lon qildi
Portugaliyalik afsonaviy hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatini davom ettiradi. 40 yoshli hujumchi o‘zi ikki yildan beri o‘ynab kelayotgan “An-Nasr” bilan shartnomasini yangiladi.
Riyodliklar besh karra “Oltin to‘p” sohibini yana ikki yil davomida “An-Nasr” sharafini himoya qilishga ko‘ndirishning uddasidan chiqdi.
Portugaliya terma jamoasi yulduzi yangi bitim imzolaganini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali o‘z muxlislariga ma’lum qildi.
- Yangi sahifa ochildi. Ishtiyoq hamon o‘sha, orzular ham. Keling, tarixni birgalikda yarataylik, - deb yozdi Krishtianu Ronaldu.
“Sporting” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Ronaldu ilgari “Top-5” ligalarida “Manchester Yunayted”, “Real” vat “Yuventus”da o‘ynagan. Ronaldu jahon futboli tarixida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.
Fikrlar