Ronalduning qachon maydonga tushishi ma'lum bo‘ldi
Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu ish tashlashni to‘xtatdi va jamoa safida o‘ynashni davom ettirishga tayyor. Bu haqida A Bola nashri xabar berdi.
Avvalroq, portugaliyalik futbolchi klub rahbariyatidan noroziligi va Saudiya Arabistoni davlat investitsiya jamg‘armasining o‘zi homiylik qilayotgan raqobatchi klublar "Al-Hilol," "Al-Ittihod" va "Al-Ahli"ga nisbatan kam sarmoya kiritayotgani sababli maydonga tushishdan bosh tortayotgani ma’lum qilingandi. Qayd etilishicha, agar yaqin haftalarda bunday kafolatlar taqdim etilmasa, Ronaldu jamoani tark etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi boykotni to‘xtatgan. 41 yoshli portugaliyalik 11 fevral kuni Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan o‘rin olgan Turkmanistonning "Arkadağ" jamoasiga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi, ammo Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turidan o‘rin olgan "Al-Fateh"ga qarshi safar o‘yinida maydonga tushadi.
Fikrlar