Ronalduning superrekordini yana yangiladi

  • 22.08.2026 11:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistoni chempionati 2-turidan o‘rin olgan «Ar-Riyod» – «An-Nasr» uchrashuvida jamoa sardori Krishtianu Ronalduning professional faoliyatidagi 977-golini urdi. 

Bellashuv «An-Nasr»ning 0:4 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu o‘yin 41 yoshli forvard uchun yangi mavsumdagi ilk uchrashuv bo‘ldi.

Ronaldu maydonga 62-daqiqada zahiradan tushirildi va 84-daqiqada «Ar-Riyod» darvozasini ishg‘ol etib, hisobni yiriklashtirdi.

Hozirgi paytga kelib, portugalialik hujumchi klublar tarkibida 831 ta, milliy jamoa safida esa 146 ta gol muallifi sifatida qayd etilgan. Shuningdek, Krishtianu jamoadoshlariga 261 ta golli pas bergan.

Bu ko‘rsatkichga yetish uchun Krishtianu Ronalduga jami 1331 ta uchrashuv kerak bo‘ldi. Ko‘p gol urish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda borayotgan Lionel Messi hisobida 1166 o‘yinda urilgan 921 gol va 418 assist bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!