Rosenyorга ҳам чиқиш эшиклари очилди
“Chelsi” klubi rahbariyati jamoaga yaqinda bosh murabbiy etib tayinlangan angliyalik mutaxassis Liam Rosenyorni ham ishdan bo’shatish imkoniyatini ko’rib chiqmoqda.
Bu qaror jamoaning so’nggi muvaffaqiyatsiz natijalari fonida muhokama qilinmoqda.
Angliya Premier-ligasining 34-turidan o’rin olgan uchrashuvda “Brayton”dan 0:3 hisobidagi mag’lubiyatdan so’ng klub rahbariyati favqulodda yig’ilish o’tkazgan.
Jamoa APLda ketma-ket beshta o’yinda mag’lub bo’lib, birorta ham gol ura olmagan. Bu natija klub tarixida so’nggi 114 yil ichidagi eng yomon hisoblanadi.
Ma’lum qilinishicha, murabbiy taqdiri yaqin kunlarda hal qilinishi mumkin va klub allaqachon ehtimoliy nomzodlarni ko’rib chiqmoqda.
Rosenyor 2026 yil yanvar oyida jamoa boshqaruvini o’z qo’liga olgan va 2032 yilgacha shartnoma imzolagan, biroq qisqa vaqt ichidayoq kuchli bosimga duch keldi.
Fikrlar