RPL. Bugun "Rostov" o‘ynaydi

  • 16 sentabr, 2019, 12:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya Premer-Ligasining 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unga ko‘ra, "Rostov" o‘z uyida "Axmat" klubini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-sariqlar" tarkibida hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qiladi.

RPLning 8-turida rostovliklar mehmonda "Lokomotiv"ni 2:1 hisobida mag‘lub etishgan edi.

"Axmat" jamoasi esa o‘tgan tur "Tambov"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durangga imzo chekgan.

Kuni kecha 9-tur o‘yinlariga start berilgan va "Krilya Sovetov" hujumchisi Aleksandr Sobolev o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘yib, to‘purarlar ro‘yhatida Shomurodovga etib oldi. Ikki forvard hisobida 7 tadan gol bor. Bugun o‘zbekistonlik forvardda yana yakka peshqadam bo‘lib olish imkoniyati mavjud.

"Rostov" o‘tkazilgan 8 ta bellashuvdan so‘ng, 17 ochko bilan turnir jadvalining 4-pog‘onasini egallab turibdi. "Axmat" esa 8 ochko bilan 12-o‘rinda turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!