Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ruis Ispaniya terma jamoasini tark etdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Sabab aniq bo‘ldi

«PSJ» yarimhimoyachisi Fabian Ruiz Chexiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvi oldidan Ispaniya terma jamoasi qarorgohini tark etdi.

AS nashrining yozishicha, futbolchi Parijga yo‘l olgan. U yerda uni oilasidagi muhim voqea — birinchi farzandining tug‘ilishi kutmoqda. Shu bois Ruiz terma jamoa safida qolmaslikka qaror qilgan.

Natijada, u Chexiya terma jamoasiga qarshi bellashuvda maydonga tusha olmaydi. Luis de la Fuente boshqarayotgan Ispaniya terma jamoasi joriy Millatlar ligasidagi ilk ikki o‘yinni g‘alaba bilan boshlagan: Angliyani 3:2, Xorvatiyani esa 4:1 hisobida mag‘lub etgan.

3 oktyabr kuni Ispaniya Oviedo shahrida Chexiyani qabul qiladi. Shundan so‘ng ispanlar 6 oktyabr kuni safarda Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Har ikki o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q