Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Runi De Bryuyneni tanladi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

"De Bryuyne Stivendan ustunroq"

Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi "Liverpul" afsonasi Stiven Jerrard bilan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne o‘rtasida qiyoslash o‘tkazdi.

- Bu futbolchilar bir-biriga o‘xshaydi. Biroq, De Bryuyne hujumda Stivenga nisbatan biroz ustunroq. Qolgan jihatlarda ular bir xil. Jerrard ko‘proq universal futbolchi edi, ammo hujum bosqichida Kevin ajoyib o‘yin ko‘rsatadi," - deya Runining so‘zlarini keltirdi "Goal" nashri.

Eslatib o‘tamiz, Jerrard futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik ishini boshlagan. De Bryuyne hozirda "Manchester Siti" safida to‘p tepmoqda. Joriy mavsum yakunida belgiyalik futbolchi "shaharliklar" jamoasini tark etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q