Ryudiger ustidan shikoyat tushdi
Ispaniya chempionatining 26-turida “Xetafe” futbolchilari Madridda “Real”ni kichik hisobda yengib, shov-shuvli g'alabani qo'lga kiritgan edi. O'yindan keyin “Xetafe” himoyachisi Diego Riko hakamlikdan norozi ekanini bildirdi.
Futbolchining fikricha, “Real” markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger uchrashuvning birinchi bo'limida ataylab tizzasi bilan uning yuziga tekkani uchun jazolanishi kerak edi.
Hakam ushbu epizodda kartochka ko'rsatmadi, VAR ham vaziyatga aralashmadi.
Riko agarda uning o'zi “Real” futbolchisiga nisbatan huddi shu tarzda o'ynagani da unga uzoq muddatga diskvalifikatsiya berilishini ta'kidladi. Riko bu holatni hakamlikdagi ikki xil standartning ochiq namunasi, deb atadi.
U epizod ataylab qilingan deb hisoblaydi, chunki bundan oldin ular o'rtasida tortishuv bo'lgan va Ryudiger uning nomiga qo'pol gap aytgandi.
Fikrlar