Sabina Sharipovaning raqibi aniqlandi
Sovrin jamg‘armasi 25,000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Sabina Sharipova yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida tailandlik Mananchaya Savangkayni 6:4, 6:4 hisobida engdi.
Tailandning Nontaburi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan o‘tkazilayotgan turnirda ertaga chorak final bosqichiga start beriladi.
Shu tariqa, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi chorak final bahsida xitoylik F.Y.Xunga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan ertaga 26 iyul kuni 9:30dan so‘ng boshlanadi.

Fikrlar