Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Sadio Mane terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Sadio Mane 130 o‘yinda 54 gol urgan Senegal terma jamoasidagi faoliyatini rasmаn yakunladi.

Senegal terma jamoasining yetakchi hujumchisi Sadio Mane milliy jamoa tarkibidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqida senegallik Le Quotidien nashri xabar berdi.

"Bilingki, men bu bayroq uchun barcha narsadan voz kechdim. Barcha kuchimni berdim va har doim yurtimiz uchun maydonda oxirigacha kurashdim", – dedi Mane o‘z bayonotida.

34 yoshli Sadio Mane Senegal terma jamoasi safida 130 ta o‘yin o‘tkazib, 54 ta gol urgan. U shu natija bilan milliy jamoa tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylangan. Mane Senegal bilan birga 2021 yilda Afrika millatlar kubogi sohibi bo‘lgan, shuningdek, 2019 va 2026 yillarda musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritgan.

2023 yildan buyon Mane Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi sharafini himoya qilmoqda. U 2026 yildgi mavsum yakunlariga ko‘ra Saudiya Arabistoni chempioniga aylangan jamoa tarkibida o‘ynadi. Bundan oldin senegallik futbolchi Fransiyaning "Mets", Avstriyaning "Zaltsburg", Angliyaning "Sautgempton" va "Liverpul", shuningdek, Germaniyaning "Bavariya" klublarida to‘p surgan.

"Liverpul" tarkibida Mane Angliya chempioni, Angliya kubogi va Liga kubogi sohibi, shuningdek, Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi g‘olibi bo‘lgan. "Bavariya" bilan esa Germaniya chempionligi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q