Asosiy mazmunga oʻtish

"Salernitana" - Shomurodovning sevimli klubi

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 5

Shomurodov salernoliklarga gol urishni yaxshi ko‘radi

A Seriya doirasida bo‘lib o‘tgan "Kalyari" - "Salernitana" uchrashuvida mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchdi. O‘yinni zaxiradan boshlagan Eldor Shomurodov ikki bora salernoliklar darvozasini ishg‘ol qildi. 

So‘nggi bir yil ichida Shomurodov "Salernitana" bilan 3 bora to‘qnash kelgan va 3 ta gol urib, 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 

2023 yil 2 aprel kuni bo‘lib o‘tgan "Spetsiya" - "Salernitana" bahsida Shomurodov 70-daqiqada hisobni tenglashtiruvchi golni urgan. Bu uning jamoadagi debyut goli bo‘lgandi. 

Shomurodov: "Felicissimo per il gol, è un punto in più per la nostra  classifica" | Spezia Calcio - Sito ufficiale

Hamyurtimiz 2023 yil 23 oktyabrda o‘tkazilgan "Salernitana" - "Kalyari" uchrashuvining 88-daqiqasida Violaning goliga assistentlik qilgandi. O‘shanda tomonlar durangga imzo chekkan. 

Serie A. In the game where Shomurodov assisted, Kalyari missed the victory

2024 yil 9 mart kuni Shomurodov yana "Salernitana"ga qarshi o‘ynadi. Bu safar u dublni rasmiylashtirib, jamoasining muhim g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi. 

Cagliari-Salernitana 4-2: è Sho(w)murodov, doppietta e gara super  dell'uzbeko - Quotidiano Sportivo

Eslatib o‘tamiz, "Salernitana" 28 yoshli futbolchini qishki transferlar oynasida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi edi, lekin "Kalyari" hujumchimizni qo‘yib yubormadi va mavsum so‘nggigacha qolishini istadi. Bu transferga "Roma" ham rozi bo‘lgandi. 

Shomurodovning transfer huquqi hali ham rimliklarga tegishli bo‘lib, uning shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Yaqindagina o‘z murabbiyini almashtirgan "Roma" tarkibiga yozgi transferlar oynasida Eldor qaytishi mumkin. 

Wolves join race for Roma's Eldor Shomurodov

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q