Saloҳ kutilmagan klubdan taklif oldi

  • 27.03.2026 06:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

33 yoshli hujumchi Muhammad Saloҳ yozda “Liverpul”ni tark etishini ma'lum qilganidan keyin uni hamkorlikka chorlayotgan klublar safi ortib bormoqda.

So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, Ispaniyaning “Betis” klubi Saloҳni o'z jamoasiga qabul qilishga tayyor.  Klubning ijtimoiy tarmoq sahifasida Saloҳ darvozabon Adrian bilan birga tushgan surati e'lon qilindi.

Hozirda Adrian “Betis”da o'ynaydi, avval esa u “Liverpul”da to'p surgan.

Suratda Saloҳ va Adrian “Betis” futbolkasini ushlab turgani aks etgan. Futbolkada Muhammadning familiyasi va 11-raqami yozilgan.

Tabiiyki, Saloҳning haqiqatan ham “Betis” futbolchisiga aylanishini tasavvur qilish juda qiyin. Chunki unga Yevropa, AQSh va Saudiya Arabistonining qudratli va badavlat klublaridan takliflar bo'lmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!