Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Saloҳ Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Misrlik futbolchiga Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi da'vogarlik qilmoqda

"Inter Mayami" joriy mavsum oxirida ingliz klubini tark etishini e'lon qilgan "Liverpul" forvardi Muhammad Saloҳga shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqida The Independent nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, transferni amalga oshirishdagi ehtimoliy to‘siq shundaki, MLSda maoshlarning yuqori chegarasi amal qiladi va har bir klub faqat uchta o‘yinchini ro‘yxatga kiritishi mumkin, ularning maoshi hisobga olinmaydi.

Ayni paytda "Inter Mayami"ning barcha limit o‘rinlari band. Shunga ko‘ra, Saloҳning transferi uchun klub jamoa yetakchilaridan biri bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, misrlik futbolchiga Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi da'vogarlik qilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q