Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Saloҳga yangi da'vogar chiqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Saloҳ taklifga ko‘nadimi?

“Liverpul”ni tark etishini bildirgan Muhammad Saloҳ kelasi mavsum oldidan oʻziga yangi ish joyi topishi kerak. Aniqroq aytadigan boʻlsak, misrlik toʻpurar oʻziga boʻlayotgan takliflar orasidan eng maqbulini tanlashi kerak.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Saloҳ oldida yangi variant paydo boʻldi.

Speedline nashri maʼlumotiga koʻra, misrlik futbolchiga Turkiya chempioni “Galatasaroy” ogʻiz solmoqda. Turk klubi kelasi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish maqsadida olib borilayotgan katta transfer kampaniyasi doirasida forvardni jamoaga qoʻshib olish imkoniyatini oʻrganmoqda.

Muhammad Saloҳ 2017 yilda “Roma”dan “Liverpul”ga 42 million yevro  evaziga transfer qilingan edi. Mersisayd klubida u faoliyatidagi eng yorqin va samarali davrni oʻtkazdi.

Tajriba­li futbolchiga Yevropa va Saudiya Arabistonining nufuzli klublaridan chorlovlar boʻlyapti. Biroq Saloҳning oʻzi hali maqsadini aniq aytganiy yoʻq.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q