Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Samalyotlar ortga uchmaydi"

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Jeksonning "Bavariya"ga transferi barbod bo‘lish arafasida

Nikolas Jekson "Bavariya" futbolchisiga aylanishidan hamon umid qilmoqda. 

Avvalroq,  "Chelsi" Jeksonni Myunxen klubiga 65 million evroga sotib olish optsiyasi bilan 15 million evro evaziga ijaraga berayotgani ma’lum bo‘lgandi. 

Kecha bo‘lib o‘tgan "Fulxem"ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng vaziyat o‘zgardi. "Aristokratlar" Liam Delap tizzasidan jarohat olgani bois Jeksonni jamoada olib qoladigan bo‘lyapti. 

Jeksonning o‘zi "Bavariya"ga ijara asosida o‘tishni xohlamoqda. Futbolchining yaqin kishisi bo‘lgan Diomansi Kamara o‘z sahifasida: "Samalyotlar ortga uchmaydi", deya izoh qoldirdi. 

 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q