Sammervill Saudiya Arabistoniга жўнаб кетди
Niderlandiyalik yarim himoyachi Krisensio Sammervill yaqin kunlarda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi safiga qo‘shiladi. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi «Vest Hem»dan «Al-Hilol»ga o‘tishi rasmiy e’lon qilinganidan so‘ng ilk bor Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi. Sammervill yaqin vaqt ichida yangi jamoasi ixtiyoriga yetib borishi kutilmoqda. Aytilishicha, u Er-Riyadga o‘z agentlari bilan birga uchib ketgan.
Iyul oyida «Al-Hilol» matbuot xizmati Sammervillning «Vest Hem»dan transferi rasmiy amalga oshganini ma’lum qilgan edi. U 2026 yildagi jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilardan biri sifatida qayd etilgan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kelishuv qiymati taxminan 65 million evroni tashkil etgan.

Fikrlar