Samvel Babayan: "O'yin natijaga mos bo'lmadi"

  • 04.04.2026 13:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Nasaf” – “Andijon” (1:0) oʻyinidan keyingi matbuot anjumanida dastlab jamoamiz ustozi Samvel Babayan qatnashdi.

- Bugun chempionatda 5 chi oʻyinimiz, afsuski magʻlub boʻldik. Oʻyin natijaga mos boʻlmadi. Qaysidir vaziyatda “Nasaf” toʻpni nazorat qildi, lekin darvozamiz oldida yaqqol vaziyat yaratolmadi. Magʻlubiyat alamli, albatta. Birgina vaziyatda tezkor hujumni oʻtkazib yubordik. Raqib darvozaboni tezkorlik bilan boshlab bergan vaziyatdan foydalandi. Oʻz xatoimiz tufayli yutqazdik. Xatolarni oʻrganib, ishlashda davom etamiz. Uzoq yoʻl bosib kelgan muxlislarimiz oldida magʻlub boʻlish juda alamli va ularni oldida xijolatdamiz. Muxlislarimizga achinarli boʻldi, ular uzoq yoʻl bosib kelib bizni qoʻllashdi. Men ulardan uzr soʻrayman. Printsipial raqibga magʻlub boʻlish ogʻir zarba. Lekin biz kuchli jamoa boʻlmoqchi boʻlsak, shijoat topib magʻlubiyatdan toʻgʻri xulosa chiqarishimiz kerak.

- Cheran va Boake koʻp harakat qilishdi. Ammo yarim himoya ularga kamroq yordam bergani tufayli ushbu juftlik samarasiz oʻynadi. Bu fikrga qoʻshilasizmi? 

- Birinchi navbatda ular himoyada katta hajmdagi ishni bajarishdi. Toʻp nazorati paytida keng harakatlandik. Lekin Cheran va Boake bogʻlami effekt bermadi. oʻrta zonada muammolarimiz mavjud. Hujum tashkil etishda rivojlanish boʻlmayapti. Shuningdek, himoyada hujumga oʻtishda ham kamchiliklarimiz koʻrindi. Bir qancha sabablar bor. Vaziyatlar yaratolmadik, biz koʻproq toʻpni pastroqda olib harakatlandik. Raqib darvozasiga qadar 50-60 metr masofadan ishgʻol qilish qiyin, ayniqsa, raqibning uch nafar himoyachilari tartibli harakatlandi. “Nasaf”ni oldingi oʻyinlaridan koʻra, bugun “Nasaf” himoyasi tartibli oʻyin koʻrsatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!